“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining filiallari o‘z faoliyatini boshladi
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida muassasa shaklida tuzilgan jamg‘arma faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugun “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining Qorovulbozor, Olot, Qorako‘l, Jondor, G‘ijduvon, Peshko‘, Romitan, Shofirkon, Vobkent, Kogon, Buxoro tumanlari, Buxoro va Kogon shahar filiallari Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur jamg‘arma rahbarlariga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Endilikda jamg‘arma mas’ullari ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etib, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi hamda kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratishda, yoshlarning manfaatlarini himoya qilib, Davlat dasturini adolatli amalga oshirishda davom etadilar.
- Qo'shildi: 02.08.2018
- Ko'rishlar: 49
- Chop etish