"Yoshlar teatri" a'zosi grant asosida talabalikka tavsiya etildi

Yoshlar ittifoqi qoshida faoliyat yurituvchi Yoshlar markazlari ko’plab yoshlar kelajagi uchun muvaffaqiyat eshiklarini ochib bermoqda. Markazda yo’lga qo’yilgan kasb-hunar to’garaklari nafaqat yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga balki, o’z bilim va ko’nikmalari bilan birga egallagan hunari bilan jamiyatda o’z o’rnini topishiga zamin yaratyapti.

Xususan, u yerdagi  “Yoshlar teatri” to'garagida o’quvchilar bilimi mustahkamlanib, chuqur saboq beriladi. 3 oy davomida teatr san’atining sir-asrorlarini o’qib-o’rganganlar ma'lumotnomaga ega bo’lib katta hayotga qadam qo’yishadi. Kimdir OTM o’qishga topshirsa, kimdir san’at sohasida o’zini sinab ko’radi.  “Yoshlar teatri”  to'garagi a'zosi Bekzod Bobojonov to’garakdagi olgan bilimlarini sinovdan o’tkazdi. Imtixon natijalariga ko’ra O'zbekiston san'at va madaniyat institutiga  birinchi o’rinda grant asosida talabalik baxtiga muyassar bo’ldi. 

- Yoshlar teatrida olgan 3 oylik bilimim menga juda qo'l keldi. Bu muvvaqqaiyatga erishishim uchun ko’makdosh bo’lgan Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashiga va  ustozimiz Otabek  Yakubovga minnatdorchilik bildiraman. Bu dargohda hali ko'plab iqtidorlilar yetishib chiqadi, deydi, – Bekzod Bobojonov.