Yoshlar yetakchisi Markaz va BTlar faoliyatini o‘rganmoqda

Ayni kunlarda Yoshlar yetakchisi Toshkent shahrida joylashgan bir qator ta’lim muassasalari va markazlarda bo‘lib, yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Mirobod tuman Kengashi faoliyati bo‘ldi.

Dastlab Yoshlar yetakchisi Qahramon Quronboyev Yoshlar markazida tashkil etilgan to‘garaklar va barkamol avlod vakillariga yaratib berilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Mavjud muammolarga yechim berish yo‘llarini ko‘rsatdi.

Shuningdek, o‘rganish davomida Yoshlar yetakchisi tumandagi “Temurbeklar maktabi”, Toshkent temir yo‘l kolleji hamda Toshkent avtomobil yo‘llar institutiga ham tashrif buyurdi.

Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rganib, zarur ko‘rsatmalar berdi.

O‘rganishlar davom etmoqda.