“Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi bolajonlarga quvonch ulashishda davom etmoqda

Qashqadaryo viloyatida ham bolalarning yozgi ta’tillarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan barcha bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi tashkil etildi.

- Loyiha yoz mavsumida yoshlarni sog‘lom turmush talablari asosida va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bolalar orasida sportning ommaviy turlarini keng targ‘ib qilish, siyosiy-huquqiy va diniy-ma’rifiy dunyoqarashlarini shakllantirish hamda ma’naviy hordiq olishlarini samarali tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilgan, - deydi viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi N.Nazarova.

Mazkur maqsadlarni inobatga olgan holda guruhlar kesimida “Quvnoq estafeta” sport tadbirlari tashkil etildi va faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Ayniqsa, kechki madaniy va ko‘ngilochar tadbirlarda viloyat sardorlar Kengashi tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Loyiha davom etmoqda.