“Yozni “Kamalak” bilan” loyihasidagi tadbirlar bilan tanishing!
“Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi barcha tuman (shaharlar)da bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari, umumiy o’rta ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan mavsumiy oromgohlarda hamda mahallalardagi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish tartibini belgiladi.
Loyiha yoz mavsumida yoshlar va bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish , ularni sog’lom sog’lom turmush talablari asosida va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bolalar orasida sportning ommaviy turlarini keng targ’ib qilish, siyosiy-huquqiy va diniy- ma’rifiy dunyoqarashlarini shakllantirish hamda ma’naviy hordiq olishlarini tashkil etish maqsadida o’tkaziladi.
Loyiha doirasida shahrda tashqari oromgohlarda “Ittifoq” va “Kamalak” kunlari, mahala bolalarining siyosiy-huquqiy savodxonligini, diniy bilimlarini oshirish darslari, ma’naviy-ma’daniy hordiq olishga qaratilgan tadbirlar, psixolog maslahatlari, “Ko’chma sport o’yinlari” tadbirlari, birinchi yordam ko’rsatish darslari, “Kitobxonlik kunlari”, shuningdek, “Mening yurtim, O’zbekiston!” mavzusida asfaltga rasm chizish tanlovi, “Tabiatni birga asraymiz!” ekologik aksiyasi hamda “Robototexnik bolalar” robotlar ko’rgazmasi o’tkaziladi.
Bundan tashqari, “O’zbekiston umumiy uyimiz” diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik targ’iboti, “Kamalak” mening sevimli tashkilotim” mavzusida seminar-trening, “Ko’chma kino”, “Ko’chma teatr” kabi tadbirlar ham loyihadan o’rin olgan.
- Qo'shildi: 01.06.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish